Timoshenko koronavirusga chalindi. Uning ahvoli og‘irligi aytildi
Olam
−
25 avgust 2020
8594Ukrainadagi "Batkivshchina" partiyasi rahbari, xalq deputati Yuliya Timoshenko yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalindi.
Ayni vaqtda Timoshenkoning ahvoli og‘ir. U sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan. Bu haqda parlamentning matbuot kotibi Marina Soroka Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Afsuski, hozirda yaxshi yangiliklar yo‘q. Yuliya Vladimirovnaning ahvoli og‘irligicha qolmoqda", deydi matbuot kotibi.
Sorokaning so‘zlariga ko‘ra, 24 avgust oqshomidan boshlab, Timoshenko COVID-19 bilan davolash protokoli bo‘yicha intensiv terapiya kursini olmoqda.
1960 yilda tug‘ilgan Timoshenko II, III, IV, V, VI, VIII, IX chaqiriq parlament deputatligiga saylangan. U 2007-2010 yillarda Ukraina Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Ayni vaqtda siyosatchining qizi va eri ham koronavirusga chalingani aytilmoqda.
LiveBarchasi