TikTok’ning “miyasi” o‘zgarmoqda

Olam

image

TikTok egasi ByteDance endi NVIDIA chiplarini sotib olmaydi. AQSHning eksport cheklovlari sababli kompaniya o‘zining maxsus “aqlli” chipini yaratishni boshladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur chiplar Samsung Electronics bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Samsung nafaqat chip ishlab chiqaradi, balki tezkor va yuqori samarali xotira chiplariga ham ega. Loyiha ichki doiralarda “SeedChip” kod nomi bilan yuritilmoqda va ByteDance’ning video tavsiyalar algoritmlari hamda Doubao kabi chat-botlarini yanada aqlli qilish uchun maxsus laboratoriyada ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning mart oyida ilk namuna chiplar tayyor bo‘lishi kutilmoqda, yil oxirigacha esa kamida 100 ming dona chip ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Keyinchalik ularning soni bosqichma-bosqich 350 ming donaga yetkazilishi kutilmoqda.

ByteDance 2026 yilda cun’iy intelekt texnologiyalari va xaridlari uchun rekord darajada 160 milliard yuan (22 milliard dollar) sarflashni rejalashtirmoqda, buning yarmi hali ham NVIDIA chiplariga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TikTok AQSHda amerikalik investorlar nazoratiga o‘tgani haqida xabar berilgan edi.

Farangiz Sunnatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

TikTok ByteDance NVIDIA “miyasi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing