TikTok Hindistonni tark etyapti

Olam

image

Xitoyning ByteDance kompaniyasi va uning TikTok ijtimoiy tarmog‘i Hindistondagi 2 mingdan ortiq xodimiga mamlakatda ijtimoiy tarmoqqa taqiq qo‘yilishi munosabati bilan ishchi o‘rinlarini qisqartirishi to‘g‘risida xabar yubordi. Bu haqda “The Times of India” nashri xabar bermoqda.

“Dastlab biz Hindistondagi faoliyatimiz bo‘yicha qiyinchiliklar vaqtinchalik, deb umid qilgandik. Biroq endi adashganimiz ma’lum bo‘ldi. Mamlakatda ByteDance va TikTok faoliyatiga taqiq qo‘yilgani sababli biz avvalgi xodimlarimizni saqlab qololmaymiz”, deyiladi TikTok yuborgan xabarnomada.

2019 yilda ByteDance Hindistondagi faoliyatini moliyalashtirish uchun 1 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirgan edi. Biroq, 2020 yilda Hindiston hukumati TikTok xizmatlari va Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan yana 100 ta dasturni vaqtincha bloklab qo‘ydi.

25 yanvar kuni esa, o‘sha 100 ta dasturdan 59 tasiga butunlay taqiq qo‘yildi. TikTok’dan tashqari, ushbu chora Baidu, WeChat, Baidu Search, Weibo ijtimoiy tarmog‘i va boshqalarga ham qo‘llandi.

“Xitoy dasturlari bo‘yicha chora-tadbirlar Hindistonning suvereniteti, yaxlitligi, shuningdek, davlat xavfsizligi va jamoat tartibiga zarar yetkazadigan faoliyat bilan bog‘liq holda Hindiston internet texnologiyalariga oid qonun asosida amalga oshirildi”, deyiladi Hindistonning Elektron va raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy bayonotida. 

Qayd etilishicha, taqiqning yana bir sababi Xitoy kompaniyalarining ma’lumot to‘plash va qayta ishlash usuli bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Hindiston TikTok

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing