Hindistonda Tik Tok butunlay bloklandi
Olam
−
26 yanvar 2021
6954Hindiston hukumati 59 ta Xitoy dasturi, shu jumladan Tik Tok’ga ham rasmiy taqiq qo‘ydi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy dasturlariga butunlay taqiq qo‘yish qarorini Hindiston Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qabul qilgan. Butunlay taqiqlangan platformalar ro‘yxatiga Alibaba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan UC Browser ham kiritilgan.
Hindiston tomonidan Xitoy dasturlariga taqiq qo‘yish qarori ikki mamlakat o‘rtasida Ladakx rayonidagi chegara mojarosining keskinlashuvi fonida qabul qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi Ladakx chegara mojarosi 2020 yilning 5 may kuni ikki mamlakat chegara qo‘shinlarining qurolli to‘qnashuvi oqibatida vujudga kelgan. O‘sha kundan boshlab ikkala davlat ham ushbu rayonga harbiy kuchini yo‘naltirmoqda.
Shu paytgacha ushbu chegara mojarosida Xitoy tomoni 43 nafar, Hindiston esa 20 nafar qurbon bergan.
Avvalroq, Hindistonning tog‘li Himolay mintaqasi Sikkim shtatida hind va xitoy chegara qo‘shinlari harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik
LiveBarchasi