Tixanovskaya Yevropadan “hafsalasi pir bo‘lganini” aytdi

Olam

image

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya oldin Yevropani “yaqin va buyuk”, Yevropa mamlakatlari rahbarlarini esa “shunchalik kuchli” deb bilganki, ularni sodir bo‘layotgan narsalarga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi va “qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi”, deb o‘ylagan. Bu haqda “The New Yorker” jurnali xabar bergan

“Endi esa men ular o‘z tashvishlarini, birdamliklarini bildirgan bo‘lsalar-da, aslida hech narsa qila olmasliklarini ko‘rib turibman. Biz bir necha oydan beri iqtisodiy sanksiyalar joriy etish ustida ish olib boryapmiz va bularning barchasi shu qadar sust va qiyin bo‘lib qolmoqda”, degan Tixanovskaya. 

Uning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari rahbarlari “ehtiyotkorlik bilan, Rossiya tomon” harakat qilishmoqda.

“Men ularning oddiygina tashvish bildirganlari uchun minnatdorchilik bildirmasligim kerakligini tushunaman. Biz aniq harakatlarni talab qilishimiz kerak”, degan u.

Avvalroq, Tixanovskaya Belarus muxolifati Rossiya tomoni bilan muloqotga tayyorligini aytgandi

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo mamlakat xalqi bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu hozirgacha davom etyapti.

Saylovda Lukashenkoga raqiblik qilgan muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarusni tark etib, Litvadan panoh topdi. U hamon aholini Lukashenkoga qarshi namoyishlar uyushtirishga chaqirib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

TIXANOVSKAYa BELARUS' EVROPA

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing