Tixanovskaya Rossiyadan Lukashenkoni qo‘llamaslikni so‘radi

Olam

image

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Belarus muxolifati Rossiya tomoni bilan muloqotga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat Rossiya mamlakat suvereniteti va uning milliy manfaatlariga hurmat ko‘rsatish shartini bajarishi sharti bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muzokaralarga tayyor.

"Rossiya har doim bizning eng yaqin qo‘shnimiz bo‘lib kelgan. U bilan hamkorlik qilishdan boshqa tanlovimiz ham yo‘q. Rossiyadan so‘raydigan yagona narsamiz – Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish (Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko)",   - deya ta’kidlagan Tixanovskaya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan norozilik aksiyalari "geosiyosiy tanlov bilan" bog‘liq emas.

Muxolifatchining ta’kidlashicha, u Sharq bilan ham, G‘arb bilan ham hamkorlik siyosatini olib borish niyatida.

Avvalroq, Tixanovskaya 45 kun ichida Belarus Prezidenti bo‘lishi mumkinligini aytgandi

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo mamlakat xalqi bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu hozirgacha davom etyapti.

Saylovda Lukashenkoga raqiblik qilgan muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarusni tark etib, Litvadan panoh topdi. U hamon aholini Lukashenkoga qarshi namoyishlar uyushtirishga chaqirib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

TIXANOVSKAYa LUKAShENKO

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing