Tixanovskaya va uning safdoshlari Buyuk Karl mukofoti sovrindori bo‘ldi

Olam

image

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya va uning safdoshlari Mariya Kolesnikova hamda Veronika Sepkalo 2022 yilgi nufuzli Buyuk Karl xalqaro mukofoti laureatlari bo‘lishdi. Bu haqda xalqaro mukofotning direktorlar kengashi ma’lum qildi.  

Bayonotga ko‘ra, Tixanovskaya, Kolesnikova va Sepkalo “avtoritar rejim tomonidan asosiy inson huquqlari buzilishiga qarshi kurashganliklari, shuningdek demokratiya, erkinlik va qonun ustuvorligi yo‘lida kurash uchun” taqdirlanadi. Shu bilan birga, taqdirlash marosimi 2022 yil 26 may kuni Axen shahar meriyasining Toj kiyish zalida bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi, unda amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni muxolifat vakili Svetlana Tixanovskaya egalladi, shundan so‘ng u mamlakatni tark etdi. Ovoz berish natijalari yakunlangach, respublikada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, bu birinchi kunlarda xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. 

Buyuk Karl xalqaro mukofoti Yevropani birlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladigan nufuzli mukofot hisoblanadi. Mukofot 1950 yildan beri har yili topshiriladi. U Franklar imperiyasining asoschisi Buyuk Karl sharafiga nomlangan. 

An’anaga ko‘ra, taqdirlash marosimi Germaniya g‘arbidagi Axen shahrida bo‘lib o‘tadi. Mukofot laureatlari mukofot ta’sis etilgan g‘oyalarni amalga oshirishga katta hissa qo‘shgan jismoniy va yuridik shaxslardir. Laureatlar maxsus diplom, medal va 5 ming yevro miqdoridagi ramziy mukofot bilan taqdirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tixanovskaya Buyuk Karl

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing