Tixanovskaya nomzodi yana Nobel mukofotiga ilgari surildi

Olam

image

Litva Prezidenti Gitanas Nauseda Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayani tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlikka ilgari surdi. Bu haqda Tixanovskayaning o‘zi Twitter'dagi sahifasida ma’lum qilgan. 

“Meni va butun Belarus xalqini Nobel mukofotiga tavsiya qilgani uchun Prezident Nausedaga minnatdorchilik bildiraman. Bu Belarus bilan birdamlik va erkinlik uchun olib borgan kurashimiz tan olinishining ajoyib ifodasidir”, deb yozgan u. 

Avvalroq, xuddi shunday tashabbus bilan Norvegiya parlamenti deputati Geyr Toskedal ham chiqqan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda 2020 yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo mamlakat xalqi bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu holat yaqin-yaqingacha davom etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tixanovskaya

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing