“Tixanovskaya kuchi”: AQSH Belarusga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilishi mumkin 

Olam

image

AQSH joriy yilning 9 avgust kuni Belarusga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilishi mumkin. Bu haqda AQSH Kongressidagi manbaga tayanib CNN xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sanksiyalar e’lon qilinishi Belarusdagi prezidentlik saylovlarining bir yilligiga to‘g‘ri kelishi kerak. Ta’kidlanishicha, cheklovlar nimaga qaratilgani hozircha aniq emas. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden 28 iyul kuni Belarus muxolifati yetakchisi va sobiq prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashgandi. Uchrashuvda Tixanovskaya Vashington Belarusga qarshi tarmoq sanksiyalarini joriy etishiga umid bildirgan.  

Tixanovskaya joriy yilning 18 iyul kuni Qo‘shma Shtatlarga kelgan va u yerda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, Senat qo‘mitasi raisi va AQSHning Belarusdagi elchisi Juli Fisher bilan uchrashgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning avgust oyida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatda ichki siyosiy muvozanat buzildi. Saylovda 80 foiz ovoz bilan Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongandi. Biroq ushbu natijalar aholining katta qismida shubha uyg‘otib, muxolifatning chaqiruvi bilan mamlakatda namoyishlar boshlangandi. Bir necha oy davom etgan miting va marshlar hech qanday foyda keltirmadi. Lukashenko hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Muxolifat hamda uning ko‘plab tarafdorlari esa Polsha, Litva kabi Yevropa davlatlariga qochib ketdi va u yerdan siyosiy boshpana topdi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Belarus'

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing