Tixanovskaya Kiyevga minnatdorlik bildirdi
Olam
−
10 iyul 2021
5214Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Litvada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgani haqida gapirdi. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar bermoqda.
“O‘tgan kuni Litvada bo‘lib o‘tgan tadbirda janob Zelenskiy bilan ko‘rishdik. Bizda rasmiy uchrashuvlar bo‘lmagan, ammo Ukrainaning qo‘llab-quvvatlashini qay darajada his qilayotganimizni bilasizmi?”, degan u.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan ham uchrashgan. Bundan tashqari, Tixanovskaya Kiyevga Belarusdan ko‘chib kelayotgan Respublika Prezidenti Aleksandr Lukashenko rejimining muxoliflarini qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Litva Tixanovskayaning idorasiga diplomatik maqom bergani haqida xabar bergandik. Ta’kidlanishicha, bu qadam Litva hukumatining “Belarus xalqi va Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash” siyosatining davomidir.
Avvalroq, Tixanovskaya AQSH Kongressida onlayn formatda chiqish qilgani aytilgandi. U nutqi chog‘ida “Belaruskaliya” va Mozir neftni qayta ishlash zavodlariga qarshi sanksiyalar qo‘llashni talab qilgandi.
Bungacha, Svetlana Tixanovskaya Chexiya parlamenti Senatida Belarus rahbari sifatida qabul qilingandi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi vaqtlarda Belarusda ichki siyosiy muvozanat buzilgan. Buning ildizi 2020 yilning avgust oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga borib taqaladi. Saylov natijalariga ko‘ra, 80 foiz ovoz bilan Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qildi. Biroq ushbu natijalar aholining katta qismida shubha uyg‘otdi va muxolifatning chaqiruvi bilan mamlakatda namoyishlar boshlandi.
Bir necha oy davom etgan miting va marshlar hech qanday foyda keltirmadi. Lukashenko hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Muxolifat hamda uning ko‘plab tarafdorlari esa Polsha, Litva kabi Yevropa davlatlariga qochib ketdi va u yerdan siyosiy boshpana topdi.
LiveBarchasi