Tibetda dahshatli qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
23 yanvar 2023
9415Tibetning Nyingchi shahrida qor ko‘chkisi oqibatida 28 kishi vafot etdi. Ko‘chki Pai hamda Doxong La qishloqlarini bog‘lab turuvchi tunnel ustiga tushgan. Bu haqda “Aljazeera” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 20 yanvar kuni, kechki soat birlarda sodir bo‘lgan. Bir necha soat o‘tgach, qutqaruvchilar qor ostidan 8 nafar odamning jasadini topishdi. Keyin ayni shu kunda yana 20 kishining halok bo‘lgani, 8 kishi esa bedarak yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, qor ostidan 53 kishi qutqarib olinib, ularning besh nafari og‘ir jarohat olgani uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Yo‘lovchilarning aksariyati xitoyliklar nishonlaydigan yangi yilni kutib olish uchun o‘z qishloqlariga qaytib kelayotgan tibetliklar edi. Xitoy rasmiylariga ko‘ra, tabiiy ofat joyiga mingga yaqin qutqaruvchi va o‘nlab tez yordam mashinalari safarbar etilgan.
Ma’lumot uchun, Nyingchi taxminan 3 040 metr balandlikdagi shahar markazidan 2018 yilda ochilgan magistral bo‘ylab besh soatlik masofada joylashgan tuman. Bu hududda qish mavsumi ancha sovuq bo‘ladi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi