Tibbiyot xodimlari devor oqlashga majburlandimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tibbiyot xodimlarining devor oqlayotgani aks etgan foto tarqaldi. Unda shifoxona binosining kirish eshigi oynalari ayollar tomonidan tozalanayotgani aks etgan. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirib, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Aytilishicha, mazkur holat joriy yilning 13 aprel sanasida tibbiyot muassasasi hududida (qaysi biri ekani noma’lum) sodir bo‘lgan. Holat bo‘yicha shifoxona bosh shifokori va xodimlaridan tushuntirish xatlari olingan. 

Bunda muassasaning kichik tibbiy xodimlari (sanitarka) tomonidan har kuni  tozalash ishlari olib borilishi, ushbu ishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kichik tibbiy xodimlarning funksional vazifasiga kirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, tushuntirish xatlarida xodimlarni o‘z xizmat vazifalaridan boshqa ishlarni hamda ish vaqtidan tashqari yumushlarni bajarishga topshiriq va buyruqlar qabul qilinmagani aks etgan.
 
Tasdiqlangan xizmat vazifalarida shifoxonada tozalash ishlari aynan kichik tibbiy xodimning funksional vazifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Sanitariya qoidalari va me’yorlarining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan talablarda ham kichik tibbiy xodimlar tomonidan biriktirilgan bino ichi va tashqi devorlari, oynalari, pollari, kafellari hamda plintuslarini tozalash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. 

Aytish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

majburiy mehnat Tibbiyot xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made