“Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasidagi kirdikorlar fosh etildi

Jamiyat

image

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish injiniring" davlat unitar korxonasidagi kirdikorlarni fosh etdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasining 2016-2019  yillardagi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, korxona mansabdor shaxslari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bino va inshootlarni ta’mirlash uchun byudjetdan ajratilgan jami 2,3 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini yaqin qarindoshlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga amalda ko‘rsatilmagan dezinfeksiya va kompyuter xizmatlari, haqiqatda bajarilmagan qurilish ishlari uchun o‘tkazib berib, talon-toroj qilganliklari fosh etilgan.

Bundan tashqari, ular jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘larining asl manbaini yashirib, mulkka aylantirish maqsadida, Labo, Nexia-3, Cobalt, Lacetti va Malibu-2 rusumli jami 9 ta avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirishgan.

Tekshiruv davomida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarardan 1,1 mlrd so‘mi qoplanishi ta’minlangan. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish injiniring" davlat unitar korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Tibbiyot qurilish injiniring DUK

Baholaganlar

62

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing