Tibbiy xulosa berish komissiyasi raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga 1976 yilda xuddi shu viloyatda tug‘ilgan A.A. ariza bilan murojaat qiladi. 

Arizaga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasida ishlovchi “T” isimli shaxs o‘g‘li T.A.ni muddatli harbiy xizmatga yuborish uchun tanishlari bo‘lgan mansabdor shaxslar orqali tibbiy komissiyasidan o‘tkazib berish evaziga 600 (olti yuz) AQSH dollari miqdordagi pullarni ta’magirlik yo‘li bilan talab qilgan.

Mazkur arizaga asosan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi  JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on shahar markaziy poliklinikasida tezkor tadbir o‘tkazildi. 1973 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, shifokor, 2020 yilgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruvidagilarni tibbiy xulosa berishda komissiya raisi hisoblangan I.T. o‘z xizmat xonasida A.A.dan 600 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

“Ushbu holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan I.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”., deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik jinoyat

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing