“The Best” sovrini uchun Katanets, Shomurodov va Fayziyev kimlarni tanladi?

Sport

image

28 fevralga o‘tar kechasi FIFA 2022 yil yakunlari bo‘yicha “The Best” sovrinini o‘z egalariga topshirdi. Ma’lumki, “The Best” tanlovining ovoz berish jarayonida FIFAga a’zo mamlakat terma jamoalari bosh murabbiylari, sardorlar va matbuot rahbarlari qatnashadi.

Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi. 

Terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets futbolchilar so‘rovnomasida o‘z ovozini Kilian Mbappe, Robert Levandovski va Erling Xolandga berdi. Jamoa sardori Eldor Shomurodov va O‘FA media rahbari Davron Fayziyevning tanlovi bir xil bo‘ldi – Lionel Messi, Karim Benzema va Kilian Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, marosim yakunida PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida uchinchi marta FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bunga qadar Messi 2009 va 2019 yillarda ushbu sovrin bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Davron Fayziev Shomurodov Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing