Tramp Eronga qarshi forschada dahanaki jang boshladi
Olam
−
13 yanvar 2020
20623AQSH Prezidenti Donald Tramp va Eron dahanaki jangga kirishib ketdi. Qizig‘i Tramp bu janggi forschada olib boryapti. Gap shundaki, Eron Tehron yaqinida Ukraina yo‘lovchi samolyoti raketa bilan urib tushirilganini tan olishi ortidan mamlakatda noroziliklar boshlandi.
Namoyishchilar orasida talabalar ko‘pchilikni tashkil qildi. Ular Tehrondagi “Ozodlik” maydoniga to‘planib, samolyot halokatiga sababchi mas’ullar iste’foga chiqishini talab qildi.
Donald Tramp ham bu namoyishlarga befarq qolmasdan Twitter`dagi sahifasida fors tilida namoyishchilarni qo‘llab tvit qoldirdi. Unda shunday deyilgandi:
“Men prezidentligimning boshidan sizlarni qo‘llab-quvvatlab kelaman. Men va administratsiya keyin sizlarni qo‘llaymiz. Biz sizning noroziligingizni diqqat bilan kuzatyapmiz. Sizlarning mardligingiz jo‘shqinlantiradi”, degan Tramp eronliklarga qarata.
Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abbos Musavi Tramp bu orqali fors tilini sharmanda qilayotganini ta’kidladi.
“Qo‘llari va tili tahdid, sanksiya va terror bilan kirlangan kimsaning qadimiy fors tilini sharmanda qilishga haqqi yo‘q. Aytgancha, siz haqiqatdan ham sharofatingiz bilan qahramonidan ayrilgan millionlab eronliklar yonidamisiz yo qarshisida?”, degan Eron TIV vakili.
Bundan so‘ng Tramp yana forschada javob qaytardi. U Eron hukumatini namoyishchilarni o‘ldirmaslikka chaqirdi.
“Eron hukumati huquqni himoya qiluvchi guruhlarga eronliklarning hozirgi noroziligini kuzatishga ruxsat berishi kerak. Biz tinch namoyishchilarning o‘ldirilishi va internetning o‘chirib qo‘yilishini ko‘rmasligimiz kerak. Dunyo kuzatyapti”, degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Eron “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasi samolyotini inson xatosi tufayli raketa bilan urib tushirganini tan olgach, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qator talablar bilan chiqdi.
LiveBarchasi