Tezkor: Toshkent shahrida koronavirus bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida 2021 yil davomida koronavirusdan kasallanishlar soni boshqa hududlarga nisbatan oshgani, ayniqsa, co‘nggi 5 kunda poytaxtdagi kasallanish holatlari sezilarli o‘sgani munosabati bilan Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda poytaxtda kasallik tarqalishining oldini olishni ko‘zda tutuvchi bir qator nazorat choralari ko‘rilishi belgilandi.

Xususan, Toshkent shahridagi barcha qurilish obe’ktlarida, o‘sha yerning o‘zida vaqtincha yashab ishlayotgan quruvchi va ishchilarni sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qat’iy rioya etishi yuzasidan nazorat kuchaytiladi. 

Shuningdek, transport xizmati sifatini oshirish, haydovchi va yo‘lovchilar sog‘ligini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yo‘nalishsiz taksilar uch tildagi (o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi) “xavfsiz taksi” maxsus belgisi bilan bepul ta’minlash amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda yo‘nalishsiz taksilarning  quyidagi:

•    haydovchining niqobda bo‘lishi;
•    kiyinish madaniyatiga rioya qilishi;
•    avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi;
•    avtoulov salonining tozaligi va dezinfeksiyadan o‘tganligi kabi talablarga rioya etishlari hisobga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha 2021 yildagi ilk rekord qayd etilib, 111 nafar kishida koronavirus aniqlangan edi. Bemorlarning 93 nafari poytaxt Toshkentdan bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

931

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing