Tezkor: Pop tumani harbiy qism xodimida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Biroz avval, kecha, 23 iyun kuni aholi orasida 30 kishida koronavirus qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Ularning 9 nafari Toshkent shahriga, qolgan 23 nafari viloyatlarga to‘g‘ri kelmoqda. 

Koronavirus bo‘yicha holatlar poytaxtdan tashqari Xorazm, Namangan, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari aniqlangan. 

Unga ko‘ra: 

•    Surxondaryo viloyati Silga qarshi kurashish dispanseri xodimi F.K. va uning o‘g‘lida;

•    Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi A.R.da (tana harorati tushmayotganligi sababli o‘zi borib namuna topshirgan);

•    Namangan viloyati Pop tumani harbiy qism xodimi Sh.N.da (profilaktik tekshiruv mobaynida aniqlangan); 

•    Sirdaryo viloyatdagi “Turon Megastroy” korxonasi ishchisi M.B.da (Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lgan); 

•    Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.A.da (qurilish kompaniyasida ishlab ketgan);

•    Xorazm viloyatida “Xorazm gilamlari” MCHJning 6 nafar ishchisida koronavirus tasdiqlangan.

Bundan tashqari:

•    Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (tana harorati ko‘tarilgan va yo‘tal bezovta qilgani sababli namuna topshirgan);

•    Toshkent tumanida yashovchi A.A.da (shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan);

•    Chinoz tumanida yashovchi J.E.da (tana harorati ko‘tarilgan va tomoqda og‘riq bo‘lganligi uchun namuna topshirgan) kasallik qayd etilgan. 

Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Ko‘rinib turibdiki, mamlakatning qaysi hududida bo‘lishidan qat’i nazar har bir fuqaroda koronavirus yuqtirib olish xavfi mavjud. 

Quyidagi uch qoidaga muttasil amal qiling:
•    Niqob taqishni unutmang.
•    Ozodalikka rioya qiling.
•    Ijtimoiy masofa saqlang.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing