Tezkor: Namanganda shifoxonalar qizamiqqa chalingan bolalar bilan to‘lmoqda
Salomatlik
−
25 noyabr 2023
6996Namanganda viloyatida 235 bola qizamiqqa chalinib, davolanmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyatida qizamiq kasalligi bilan gumon qilingan bemorlarni statsionar davolash uchun 340 shifo o‘rin tashkil etilgan, bundan 240 shifo-o‘rni Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida, 100 shifo o‘rni viloyatning Beshkapa bolalar sihatgohida.
“Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 240 o‘rinda 235 ta bemor davolanmokda, 5 shifo-o‘rni zaxirasi mavjud, Beshkapa bolalar sihatgoxida 100 o‘rinda 2 yoshdan yuqori bemorlardan 20 nafari davolanmokda, 80 shifo-o‘rni zaxirasi mavjud”, deyiladi qo‘mita ma’lumotida.
Hozirgi kunda viloyatda jami 85 shifo-o‘rni zaxirasi bor, 285 ta bemordan 62 %i 1 yoshgacha bolalar, 25 %i 1-3 yoshdagi bolalar. Viloyatda diagnostikum, reagent va vaksinalar yetarli miqdorda mavjud ekani aytilmoqda.
Namanganda 1936 nafar bolalar epidemiologik ko‘rsatma asosida qizamiq kasalligiga qarshi vaksina bilan emlangan. Hozirda davolash profilaktika muassasalari emlash xonalarida 310 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi zaxirasi mavjud.
Joriy yilning yanvar – oktyabr oylari davomida viloyat bo‘yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.
LiveBarchasi