“Tez yordam”ga nafas qisishi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘paymoqda – SSV

Jamiyat

image

5 noyabrdan 6 noyabr soat 06:00 ga qadar “Tez yordam” xizmatiga 4110 ta chaqiriq bo‘lgan. Shundan 709 tasi (jami chaqiriqlarning 17,2 foizi) nafas olishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq murojatlardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, murojaatlarning  36 tasi allergik reaksiyalar bilan, 122 tasi esa bronxial astma huruji bilan bog‘liq. Murojaatchilarning 11 nafari gospitalizatsiya qilingan.

Avvalroq, 4 noyabr kuni “Tez yordam” xizmatiga jami chaqiriqlar soni 4082 tani tashkil etib, 3 noyabr holatiga ko‘ra, murojaatlar soni 649 taga oshgani xabar qilingandi. Ularning 678 tasi nafas olishdagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobar, kunning ayrim vaqtlarida esa 30 barobarga oshgani kuzatildi.

Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing