Tez orada Dubayga bormoqchiman – Ronaldu 

Sport

image

“Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Globe Soccer Awards” tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari, deb topilganidan so‘ng, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Taqdirlash marosimi Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi.

“Har doim go‘zal Dubay ajoyib me’morchiligi va mehribon odamlari bilan ajralib turadi. Yildan yilga jahon miqyosidagi shunday nafis va nufuzli tadbirda e’tirofga erishayotganimdan faxrlanaman. Bu allaqachon dunyodagi eng muhim sport voqealaridan biri va futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar kabi muhim mukofotni olish men uchun orzu. Katta rahmat! Tez orada Dubayga bormoqchiman”, deya yozgan Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliyalik forvard 2021 yilda raqiblar darvozasini 46 marta ishg‘ol qilgan. Yil davomida Karim Benzema (47), Kilian Mbappe, Erling Xolland (49) va Robert Levandovski (69) Ronaldudan ko‘proq gol urishdi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli futbolchining onasi Doloresh Aveyru o‘g‘li qirq yoshga to‘lganidan so‘ng, futboldan ketishini ma’lum qilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Ronaldu Doloresh Aveyru Globe Soccer Awards

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing