Teylor Sviftning konsertida Toni Kroos sharaflandi

Sport

−

image

Kecha, 29 may kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida mashhur amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning konserti bo‘lib o‘tdi. Qo‘shiqlardan birini ijro etish paytida yorug‘lik chiroqlari sahnada 8 raqamini hosil qildi. Bu haqda “Madrid Universal” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bu “Real”ning 8-raqamdagi yarim himoyachisi Toni Kroosning klubdan ketishi sharafiga qilingan.

Qayd etish joiz, Kroos Yevro-2024'dan keyin faoliyatini yakunlaydi.  U “Real”dagi oxirgi o‘yinini “Borussiya Dortmund”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi finali doirasida o‘tkazadi. YeCHL finali 1 iyun kuni Londondagi “Uembli” stadionda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli nemis futbolchisi qirollik klubi safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 12 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing