Teylor Sviftning konserti zilzilaga sabab bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik xonanda Teylor Sviftning Sietldagi ikkita konserti o‘sha hududda 2,3 balli zilzilalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Seysmolog Jeki Kaplan-Auerbaxning so‘zlariga ko‘ra, Sviftning Sietldagi “Eras” gastrol konsertida shovqin va muxlislar raqslari natijasida 2,3 balli zilzila ekvivalentligiga teng silkinish qayd etilgan. Olimning aytishicha, bunday silkinishga ovozni kuchaytiruvchi tizimlar yoki raqsga tushgan Svift muxlislari sababchi bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 va 23 iyul kunlari Sietldagi “Lamen Fild” ko‘p maqsadli stadionida tashkil etilgan konsert dasturlariga umumiy hisobda 144 ming tomoshabin yig‘ilgan. Kaplan-Auerbax ikkala konsertdan so‘ng olingan seymsik faollik ko‘rsatkichlari deyarli bir xil ekanini, ulardagi asosiy farq ikkinchi konsertning 26 daqiqa kechroq boshlanganida ekanligini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, bu ommaviy tadbirlar silkinishga sabab bo‘lishining ilk holati emas. Masalan, Sietlda shunga o‘xshash rekord 2011 yilda Amerika futboli bo‘yicha “Sietl Siksos” va “Nyu-Orlean Sents” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda qayd etilgan. Shuningdek, o‘sha yili Yangi Zelandiyada Foo Fighters konsertida 50 ming muxlis Oklend shahrida zilzila keltirib chiqargan.

Ma’lumot uchun, Teylor Svift kecha Shimoliy Kaliforniyaning Santa Klara shahriga bordi. Endi u kelasi oy Los-Anjelesda oltita shou konsertini beradi va shu bilan AQSHdagi gastrol safarini yakunlaydi. 24 avgustda esa Meksika poytaxtidagi konsert bilan uning xalqaro gastroli boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila kontsert Sietl Teylor Svift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing