Tesla muammoli 500 mingga yaqin mashinasini chaqirib olmoqchi 

Texnologiya

image

Tesla kompaniyasi avariyalar xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklar tufayli AQSHdagi 475 mingta elektromobilini qaytarib oladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan. 

Xususan, 2017-2020-yillarda chiqarilgan 356 ming Model 3 ning barchasi qaytarib olinadi. Ta’kidlanishicha, bagajnikni ochish va yopishda ular orqa ko‘rinish kamerasining simlariga zarar yetkazishi mumkin, bu esa uning ishlamay qolishiga olib keladi. 

Bundan tashqari, 2014 yildan beri ishlab chiqarilgan 119 ming Model S avtomobillari ham qaytarib olinadi. Ularda qulf almashtiriladi, uning noto‘g‘ri ishlashi tufayli kapot birdan ochilib ketishi mumkin. Tesla’ga ko‘ra, ikkala muammo ham qo‘shimcha xarajatlarsiz hal qilinadi. 

Ma’lumot o‘rnida, qaytarib olinadigan avtomobillar soni taxminan 2020 yildagi Tesla’ning butun ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda kompaniya deyarli 510 mingta elektromobil ishlab chiqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Tesla

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing