“Terrorchilarning millati, vatani, dini yo‘q”. Rahmon Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Olam

image

Bugun, 24 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rahmon Moskvadagi teraktni qoralagan. Mamlakat Rossiya bilan terrorizmga qarshi birgalikda kurashni davom ettirmoqchiligini bildirgan. 

“Rossiya Federatsiyasidagi milliy motam soatida davlat rahbari barcha tojikistonliklarning qardosh rus xalqi bilan birdamligini alohida ta’kidladi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Suhbat chog‘ida Rahmon terrorchilarning millati, vatani, dini yo‘qligini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Krokus”da terakt uyushtirganlar Tojikiston fuqarolari ekani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon telefon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing