Terrorchilardan biri teraktdan ikki hafta avval “Krokus”da bo‘lgani aytilmoqda
Olam
−
24 mart
23342Joriy yilning 7 mart kuni Moskvadagi teraktni amalga oshirganlardan biri konsert zalida bo‘lgan. Bu haqda "Baza" Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Krokus Siti Holl" majmuasida ishlagan fotograf Faridun Shamsutdinning suratini yangiliklar dasturida ko‘rib, tanib qolgan.
Fotosuratchining aytishicha, u o‘sha kuni bir nechta tashrif buyuruvchilarni, jumladan, keyinchalik hujumga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingan terrorchini ham suratga olgan. Fotosurat tekshirilganida mart oyi boshida tashrif buyurganlardan biri terakt ishtirokchisi Faridun Shamsutdin bo‘lib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni kechqurun Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl" konsert zalida "Piknik" guruhining chiqishi oldidan terakt sodir bo‘lgan. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, o‘t ochgan va katta yong‘in yuzaga kelgan.
LiveBarchasi