Tergovdagilar Moskvadagi teraktda Ukrainaning qo‘li borligini tasdiqlashyapti – FXX rahbari
Olam
−
26 mart
15799Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl" konsert zalidagi qurolli hujum bo‘yicha tergov ma’lumotlari teraktga Ukrainaning aloqadorligini tasdiqlaydi. Bu haqda bugun, 26 mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov so‘z ochdi.
“Biz "Krokus" ishi bo‘yicha tergov qilayotganlardan olgan ma’lumotlar buni tasdiqlaydi. Ayni paytda xavfsizlik xizmati Ukrainaning ishtiroki haqiqat yoki yo‘qligini yana bir bor tekshiradi. Lekin, hozircha Ukrainani ayblashga asosimiz bor", degan FXX direktori.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jangarilar tashqi yordamsiz bunga jazm etolmasdi.
"Albatta, islomchilarning o‘zi bunday teraktni tayyorlay olishmasdi. Ularga yordam berildi. Va biz ushbu fojiada Ukraina izlarini ko‘ryapmiz. [Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin] ham buni aytib o‘tdi", deydi u.
Avvalroq Bortnikov terakt “vaziyatni silkitib, Rossiyada vahima uyg‘otish uchun G‘arb razvedka xizmatlari va Ukrainaga kerakligini” aytgandi.
LiveBarchasi