Terrorchilar uchun maxsus qamoqxona quriladi
Olam
−
20 noyabr 2019 12039 1 daqiqa
Tojikistonda terrorchilik uchun ozodlikdan mahrum etilganlar uchun kamera tipidagi qamoqxona qurish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Tojikiston Adliya vazirligi huzuridagi jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mansurjon Umarov matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mahbuslarni boshqalardan alohida tarbiyalash osonroq, chunki ular ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishning asosiy manbai bo‘ladi.
“Bunday qamoqxona qurilishi mahbuslar orasida qotillikni va ekstremistik g‘oyalar tarqalishini oldi olinadi”, deydi amaldor.
Umarovning fikriga ko‘ra, kamera tipidagi qamoqxona bu toifadagi mahbuslarni yaxshiroq nazorat qilish, qochishga urinish va isyonlarni oldini oladi. Bundan tashqari, mahbuslarni ajratish boshqa mahbuslar xavfsizligini ta’minlaydi.
Maxsus qamoqxona qurish haqidagi takliflar joriy yilning noyabr va may oylarida Xo‘jand va Vahdatdagi koloniyalarida yuz bergan tartibsizliklardan keyin paydo bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025