“Isroilni yarim soatda yo‘q qilamiz”. Eron AQSHga tahdid qildi

Olam

image

So‘nggi vaqtlarda Eron va AQSH munosabatlari havas qilgulik darajada bo‘lmayapti. Eron AQSH dronini urib tushirgan vaziyat yanada qaltislashdi. Bu Fors ko‘rfazida tinchlikka katta xavf tug‘dirishi turgan gap. AQSH Eronga hujum qilishi mumkinligini ochiqchasiga aytib kelyapti. Eron ham bunga jim qarab turmoqchi emas.

Eron parlamentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Mojtaba Zonnur AQSH hujumga o‘tsa, Eron Isroilni yakson qilishini aytdi. Bu haqda “Mehr” agentligi xabar tarqatdi.

“Agar AQSH bizga hujum qilsa, Isroil bor-yo‘g‘i yana yarim soatgina mavjud bo‘ladi”, degan Zonnur. U rasmiy Vashington agressiya qilgan taqdirda Tehronda “vajohatli harbiy qudrat” borligini qo‘shimcha qildi.

Mojtaba Zonnur AQSH Prezidenti Donald Trampning Eronga hujumni 10 daqiqa qolganda bekor qilgani haqidagi so‘zlarini “siyosiy blef”ga tenglashtirdi.

“Agar amerikaliklar hujumi muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonganida bekor qilinmasdi va shubhasiz, amalga oshardi”, degan deputat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning mintaqadagi barcha 36 ta harbiy bazasi rasmiy Tehron nazoratida.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron

Baholaganlar

532

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing