“Tolibon”ning o‘zbek vakili Termizda Umurzoqov bilan muzokara olib bordi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2021
12250Avval xabar berganimizdek, bugun, 16 oktabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Afg‘oniston Islom Amirligining Muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qildi.
Uchrashuvda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga, xususan, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog‘i hamda “Termiz – Mozor-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘lini qurishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar chog‘ida turli vazirlik va idoralar vakillari savdo-iqtisodiy aloqalar, chegara xavfsizligini ta’minlash, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ta’lim va gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvlar natijasida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bir qator ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.
Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston tomoniga samarali muzokaralar va mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
LiveBarchasi