Termizda Yangi yil archasi qulab tushdi
Jamiyat
−
26 dekabr 2020 17930 1 daqiqa
Bugun, 26 dekabr kuni Termiz shahrida Yangi yil uchun bezatilgan archa 20 m/s tezlikda qor aralash kuchli shamol tufayli qulab tushdi.
Termiz shahar hokimligining ma’lum qilishicha, hozirda archa karkasini ta’mirlash maqsadida demontaj ishlari olib borilmoqda.
“Tez fursatlarda yangi yil archasi ta’mirlanib, o‘z o‘rnida qaytib o‘rnatiladi va madaniy tadbirlar dastur asosida davom ettiriladi.
Yangi yil xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, dasturxoningizga qut-baraka olib kelsin!”, deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq, Farg‘ona shahrida Yangi yil archasi yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr