Toshkentda 7 ta archa yonib ketdi (video)
Jamiyat
−
26 iyul 8052 1 daqiqa
Kecha, 25 iyul kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 7 ta archa daraxti yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:31 da tumanning Yunus Rajabiy ko‘chasi 72-uy oldida daraxtlar yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 10:36 da yetib borib, yong‘in soat 10:42 da o‘chirilgan.
Aytilgan manzilda 7 ta archa daraxti yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ham 2 gektar yerdagi quruq o‘t olov ichida qolgani va u yong‘in yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan deyarli 6,5 soatda o‘chirilgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi