Surxondaryoda 100 yillik 11 ta archa qo‘porib tashlandi (video)
3-sahifa
−
16:25 770 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida qariyb 100 yillik 11 tup Zarafshon archasi noqonuniy ravishda qo‘porilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 3 avgust kuni Sariosiyo tumani Sangardak mahallasidagi Uzun o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda sodir bo‘lgan. Bu yerda daraxtlarni qo‘porish va ularga zarar yetkazish holatlari qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, daraxtlarga zarar yetkazish ishlari hech qanday ruxsatsiz, ekologiya xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay amalga oshirilgan.

Hozirda mutaxassislar tomonidan daraxtlarga yetkazilgan ekologik zarar miqdori aniqlanmoqda. Shuningdek, amalga oshirilgan qurilish ishlari ekologik qonunchilik talablariga mos yoki mos emasligiga huquqiy baho berilmoqda.
Ekologiya milliy qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv yakunlari bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. Yakuniy natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 11,5 gektar yer maydonida 100 dan ortiq ko‘p yillik manzarali daraxtlar va butalar g‘ayriqonuniy tarzda kesilgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi