Termizda kuchli chang bo‘roni kuzatildi

Jamiyat

image

Termiz shahrida kuchli chang bo‘roni hodisasi kuzatildi. Bu haqda gidrometeorologiya mutaxassisi Erkin Abdulahadov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 8 mart kuni soat 11:30 lardan Termiz shahrida ko‘rinish masofasi 1000 metrlardan pasayuvchi kuchli chang bo‘roni kuzatila boshlagan. Oqibatda Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi parvoz qilayotgan samolyot Termizdagi aerodromga qo‘na olmay, ortga qaytgan.

Soat 13:00 holatiga Termizda ko‘rinish masofasi 1100 metr bo‘lib, chang bo‘roni kuchli darajadan o‘rtacha ko‘rinishga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

chang bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made