Termizda qariyb 4 mlrd so‘mlik gazni o‘margan ombor aniqlandi
3-sahifa
−
26 iyul 5105 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 3,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qurilish materiallari ombori aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida joylashgan “X. Q. M.” MCHJga qarashli qurilish materiallari ombori hisoblagichsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 3 mlrd 954 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Bildirilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar oqibatida tizimga 135,6 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani haqida xabar berilgandi.