O‘zbekistonda 1 oyda 135 mlrd so‘mdan ortiq “svet” va gaz o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
03 iyul 2799 1 daqiqa
Joriy yilning iyun oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar oqibatida tizimga 135,6 milliard so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 234 ta holat aniqlangan.
Unga ko‘ra, 50,6 mln kVt soat elektr energiyasi (103 mlrd so‘m) va 12,4 mln metr kub tabiiy gaz (32,6 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida jami 135 mlrd 669 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 471 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Inspeksiyaning qo‘shimcha qilishicha, qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr