Termizda erkak o‘zini yoqib yubordi. Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi
Jamiyat
−
28 fevral 2019
16367Ijtimoiy tarmoqlar va qator elektron nashrlarda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida fuqaro o‘zini yoqib yuborgani haqida xabar va video tarqaldi.
Xabarlarda aytilishicha, tadbirkor kreditga olingan pullar evaziga kafe ochgan. Uning kafesi joylashgan bino Termiz tumani hokimligi tomonidan buzib tashlangan. Bino buzib tashlanishini bilgan erkak tushuntirish berishlarini so‘rab bir necha oy davomida tuman hokimiyatiga murojaat qilgan, biroq hokim qabuliga kira olmagan. Shu sababli erkak tuman hokimligi binosi oldida o‘zini yoqib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.
2019 yil 25 fevral kuni soat taxminan 11:20 larda Termiz tumani, “Uchqizil” mahallasi At-Termiziy ko‘chasi markazida Termiz tumani “Yangihayot” mahallasida yashovchi fuqaro B.E. o‘zi bilan olib yurgan 0,5 litr hajmdagi idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini ustiga sepib, zajigalka yondirgich orqali olov berib o‘zini o‘zi yoqib yuborgan.
Alanga oqibatida tan jarohati olgan B.E. Termiz tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Viloyat sud tibbiy ekspertizasining 2019 yil 25 fevraldagi dastlabki 67-sonli xulosasida, fuqaro B.E.da tananing 15-20 foiz qismini I-II darajali alangadan termik kuyishi, yuqori haroratli alanga (olov) ta’sir mexanizmi natijasida yetkazilganligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra “o‘rtacha” og‘irlikdagi tan jarohati deb baholangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda Termiz tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi