Termizda er qizini ko‘rishga to‘sqinlik qilgan xotinini pichoqladi
3-sahifa
−
23 mart 2021
7173Joriy yilning 14 mart kuni Termiz shahrida er qizini ko‘rishga to‘sqinlik qilgan turmush o‘rtog‘ini pichoqladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.
14 mart kuni taxminan soat 19.30 lar chamasida shaharning “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi X.A. voyaga yetmagan farzandini ko‘rish maqsadida turmush o‘rtog‘i vaqtincha yashab kelayotgan shaharning “Pattakesar-2” mahallasida A.G. bilan o‘zaro tortishib, janjallashishib qolishadi. Bunga esa, turmush o‘rtog‘i A.G. X.A.ga qizini ko‘rishiga to‘sqinlik qilib, o‘rtada janjal kelib chiqadi.
O‘zaro janjal oqibatida, oshxona pichog‘i bilan A.G.ning chap bel biqin sohasiga bir marotaba urib, “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan, 15 mart kuni X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi