Termizda 13 yashar bola dovcha sabab pichoqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyatida 46 yoshli erkak uyi yonidagi o‘rik daraxtidan dovcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 12 aprel kuni soat 19:45 larda yuz bergan. Fuqaro 46 yoshli Sh.Ural Termiz shahar “Kokildor-ota” mahallasida joylashgan yashash uyi yonida voyaga yetmagan 13 yoshli T.Azizbek o‘ziga tegishli bo‘lmagan o‘rik daraxtidagi g‘o‘ra (dovcha)larni olayotganligini ko‘rib, unga ketishini aytib haydagan. Janjal vaqtida Sh.Ural pichoq bilan voyaga yetmagan T.Azizbekning qorin sohasiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida T.Azizbek hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlar olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.Uralga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Termiz

Baholaganlar

583

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing