Termiz tumani hududi qisqartiriladi
Jamiyat
−
09 dekabr 2019
9339Bugun, 9 dekabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalari bilan birga, ayrim hududlarning chegarasini o‘zgartish masalalarini ham muhokama qildilar.
Xususan, majlisda deputatlar “Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegarasini o‘zgartirish, Termiz shahrining chegarasini kengaytirish va tasdiqlash to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib chiqdilar.
Ta’kidlash joizki, ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, tasdiqlangan bosh reja asosida Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, istiqbolli rejalarini belgilash, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, hudud infratuzilmasini yaratish, shuningdek, yangi hududda belgilangan talablar doirasida ijtimoiy soha, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilishini tashkil etish hamda shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, byudjetga tushumlarni ko‘praytirishdan iboratdir.
Nazarda tutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududidagi “Manguzar”, “Chegara”, “Pattakesar”, “Tinchlik”, “Alisher Navoiy”, “Kokildor ota” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari to‘liq, “Nurli diyor” va “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bir qismi (umumiy yer maydoni 1 561 gektar) Termiz shahri tarkibiga o‘tkaziladi.
Deputatlarning qayd etishicha, bu o‘zgarishlar hududda aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratish bilan birga, Termiz shahar va Termiz tumanini iqtisodiy jihatdan boshqarishda hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
LiveBarchasi