Termiz shahrida karantin cheklovlari kuchaytirildi

Jamiyat

image

Termiz shahar epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi yig‘ilishining qaroriga muvofiq shaharda karantin choralari kuchaytirildi.

Xususan, 2020 yil 23 iyuldan boshlab faoliyat turidan qat’iy nazar barcha tadbirkorlik sub’ektlari, savdo do‘konlari (oziq-ovqat va dori-darmon savdosi bundan mustasno) ko‘ngilochar ob’ektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, bar, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, kalyan markazlari, restoranlar, reklama va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlarini koronavirus kasalligi bilan bog‘lik epidemiologik holat barqarorlashguniga qadar to‘xtatiladi.

Shuningdek:

•    karantin vaqtida hududlarda maqsadsiz va tegishli ruxsatnomasiz harakatlanayotgan avtomobillar ustidan hamda aholining zarur bo‘lmagan hollarda ko‘chaga chiqishi bo‘yicha nazorat o‘rnatish;

•    shaharning kirish-chiqish, asosiy va ichki ko‘chalarida blok postlarini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazish;

•    avtotransport vositalari kirishi hamda yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatilishi,

•    shaharda aholining gavjum bo‘lib yurishlari qatiy cheklanadi.

•    avtotransport va mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi. Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchungina ruxsat etiladi;

•    maxsus ruxsatnoma (stiker)lari va “yetkazib berish” (uslugi dostavki) xizmati mavjud bo‘lgan avtotransportlari harakatlanishi mumkin.

Shahardagi korxona, tashkilot va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari 25-26 iyul kunlari xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlari uyda qolishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing