Terma jamoada unga taqlid qilardik – Koshta Ronaldu haqida

Sport

image

Portugaliyalik sobiq yarim himoyachi, hozirda “Benfika” prezidenti lavozimida ishlovchi Rui Koshta “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan terma jamoada o‘tkazgan xotiralari haqida gapirdi.

“Men hech qachon Messi bilan o‘ynamaganman, lekin futbol olamidagi faoliyatimni boshlaganimda Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynash sharafiga muyassar bo‘ldim. Terma jamoada u eng yoshi edi, lekin juda yaxshi integratsiyalashgan futbolchi. U har kuni yangi texnik elementlarini namoyish etdi. Mashg‘ulotlarda ularni takrorlashga uyalib, unga yashirincha taqlid qilardik. Kechki ovqat paytida esa Krish faqat dribling haqida gapirardi. biz esa unga jamoaviy o‘yin muhimligini singdirishga harakat qildik. Bir kun kelib “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga ishonchimiz komil edi”, deydi Koshta.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Ronaldu terma jamoa safida gol urish bo‘yicha jahon rekordini yangilagani uchun maxsus mukofot oldi. 2021 yilda Krishtianu Portugaliya terma jamoasidagi gollari sonini 115 taga yetkazdi va Eronlik sobiq hujumchi Ali Dayini (109) ortda qoldirdi.


 


Maqola muallifi

Teglar

MYu Ronaldu Portugaliya Rui Koshta

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing