Terma jamoa o‘yini uchun parlament majlisining vaqti o‘zgartirildi

Sport

image

Xorvatiya Sabor (bir palatali parlament) deputatlari milliy terma jamoa o‘yinni tomosha qilish uchun 2023 yilgi davlat byudjeti loyihasini muhokama qilishni vaqtinchalik soat 11:00 dan 13:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 15:00 dan 17:00 gacha) to‘xtatdi. Bu haqda Xorvatiyaning "Vecherni list" nashri xabar berdi.

23 noyabr kuni Xorvatiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bahsda 0:0 hisobi qayd etildi.

Qayd etilishicha, parlament yig‘ilishiga ko‘plab xalq deputatlari terma jamoa atributlari bilan kelgan. Ulardan ba’zilari rasmiy libosda emas, Xorvatiya terma jamoasi liboslarida yig‘ilishga tashrif buyurgan.

Xorvatiya terma jamoasi Belgiya, Kanada va Marokash jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. 

2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida xorvatlar kumush medallarni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

JCH2022 Xorvatiya

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing