Tergovchiga 1000 dollar pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida fuqaro jinoyat ishi ochmasligi uchun IIB xodimiga pora taklif qildi. BU haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 3 fevral kuni Kasbi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimi tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Unda o‘zining ish yurituvida Kasbi tumani “Xo‘jaxayron” mahallasida yashovchi fuqaro 34 yoshli S.X.ning uyida qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasini o‘rnatib paxta chigitidan yog‘ va shrot yemi ishlab chiqarayotganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari borligini, tekshiruv jarayonida S.X. undan o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik va jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishini so‘rab, evaziga jami 6 mln so‘m miqdorida pora taklif qilayotganligini bildirib, S.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Bildirgiga asosan kecha soat 21:35 da o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.X. pora sifatida taklif qilgan jami 7,5 mln so‘m va 200 AQSH dollarini xodimning xizmat xonasida unga berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan va pullar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Qashqadaryo

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing