Teraktni kim amalga oshirganini bilamiz, bizni uning buyurtmachisi qiziqtiradi – Putin (video)

Olam

image

Rossiya “Krokus Siti Xoll”dagi teraktni kim amalga oshirganini biladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 25 mart kuni fojiadan keyin ko‘rilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, Rossiyani teraktning buyurtmachilari qiziqtiradi. Putinning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar turli kanallar orqali barchani qonli teraktda go‘yoki Kiyev izi yo‘qligiga, uni ISHID terrorchilik tashkiloti sodir etganiga ishontirishga harakat qilmoqda.

“Biz bir qator savollarga javob olishimiz kerak, radikal islomchilar haqiqatan ham Rossiyaga hujum qilishga qaror qildilarmi?” deydi Putin hujum muqaddas Ramazon oyida sodir bo‘lganini qo‘shimcha qilib.

Uning versiyasiga ko‘ra, bu vahshiylik “neonatsist Kiyev rejimi qo‘li bilan 2014 yildan buyon Rossiyaga qarshi kurashib kelayotgan”lar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Prezident terakt yuzasidan tergovning borishi to‘g‘risida unga muntazam hisobot berib borishni topshirdi.

Ma’lumot uchun, hujum 22 mart kuni kechqurun "Piknik" guruhi chiqishidan oldin sodir bo‘lgan. Xonaga bir necha kishi kirib, soqchilar va mehmonlarga qarata o‘q uzgan, shundan so‘ng ular xonani yoqib yuborishga kirishgan.

Tergov qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, “Krokus Siti Xoll”dagi terakt qurbonlari soni 139 kishiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni Moskvaning Basmanniy sudi terakt sodir etishda ayblangan to‘rt kishini – 32 yoshli Dalerjon Mirzoyev, 30 yoshli Rachabalizoda Saidakrami Murodali, 25 yoshli Shamsidin Fariduni va 19 yoshli Muhammadsobir Fayzovlarni 2024 yil 22 mayga qadar hibsda saqlashga qaror qildi. Keyinchalik yana uch kishi –Aminchon, Dilovar va Isroil Islomovlar hibsga olindi. Ular ham uyushgan guruh tarkibida odam o‘limiga sabab bo‘lgan terakt sodir etganlikda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing