Ter Shtegen Kataloniyaning boshqa bir jamoasiga o‘tishi mumkin
Sport
−
27 dekabr 2025 1343 1 daqiqa
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Kataloniyaning boshqa bir jamoasi “Jerona”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Aderia Albetsga tayanib, “Daily sports” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis posboni 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida Germaniya terma jamoasidagi o‘rnini saqlab qolishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan. Shu sababli “Jirona” darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda va Ter Shtegenni mavsum oxirigacha ijaraga olish imkoniyatiga qiziqish bildirgan. Biroq futbolchining yuqori maoshi kelishuv yo‘lidagi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, agar ijara amalga oshsa, “Barselona” darvozabonning maoshining bir qismini qoplab berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Ter Shtegen bel jarohati sababli joriy mavsumning birinchi yarmini deyarli to‘liq o‘tkazib yubordi. Jarohatdan qaytgach, u hozircha faqat Qirollik kubogidagi bitta o‘yinda ishtirok etdi.
Live
Barchasi