Teofimo Lopes boksdagi faoliyatini yakunlab, WBO kamarini vakant qoldirdi
Sport
−
16 iyun 2023 3267 1 daqiqa
Boks bo‘yicha super yengil vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi amerikalik Teofimo Lopes professional faoliyatini yakunladi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
25 yoshli amerikalik joriy yilning 10 iyun kuni Shotlandiya vakili Josh Teylorni (sobiq chempion)ni mag‘lub etib, 63,5 kilogramm vazn toifasida WBO chempionlik kamariga ega chiqqandi.
Shundan so‘ng u hech qanday sabab ko‘rsatmasdan boksni tark etayotgani haqidagi xabarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joyladi.
“Qanday yengillik! Faoliyatimning cho‘qqisiga chiqdim va boksdan ketyapman. Men va yaqinlarimga ajoyib hayotni taqdim etgani uchun boksga rahmat aytaman”, deydi Lopes.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev ushbu yo‘nalish reytingining 4-pog‘onasida bormoqda. Agar sportchi WBO'ning yangilangan reytingida yuqorilasa, chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi