Buyuk Ali izidan borib “yovvoyi”ni nokautga uchrataman – Lopes
Sport
−
24 noyabr 2021
3111Professional boksning yengil vazn toifasida WBC, WBA Super, WBO, IBF va The Ring yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni Teofimo Lopes (16-0, 12 KO) Jorj Kambososga (19-0, 10 KO) qarshi jang haqida fikr bildirdi. Mutlaq chempionlik jangi joriy yilning 27 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Madison Square garden” arenasida o‘tkaziladi.
“Inson o‘z o‘rnini bilishi kerak. Bellashuv kuni Xudo men orqali Kombososni kamtar qiladi. Aksariyat odamlar o‘taketgan shuhratparast va bu normal holat. Biroq, gap shundaki, ba’zida haddimizni bilmay qolamiz. Jorj hech qachon chempion bo‘lolmaydi. Chunki u ham odatiy jangchilar kabi pul uchun jang qiladi. Jorjni mutlaqo hurmat qilmayman. Muhammad uchrataman. U onamni haqorat qilgan”, deydi Lopes
Shuningdek, 25 yoshli Teofimo Muhammad Alini barcha davrlarning eng buyuk chempioni sifatida tan olishini aytib o‘tdi:
“Hamma gap xalq chempioni bo‘lishda. Ali boksning eng buyuk ustasi edi. U sport rivojiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatgan”.
Lopes nihoyat o‘zining majburiy raqibiga qarshi belbog‘larini qo‘ydi va chempion va mag‘lub bo‘lmagan avstraliyalik o‘rtasidagi jangni tashkillashtirishga bo‘lgan oldingi ikki urinish muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin uzoq davom etgan dostonni yakunladi.
Ma’lumot uchun, “The Takeover” 2020 yil 17 oktyabrda yengil vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoni mag‘lub etganidan beri bir yildan ortiq vaqt davomida ringga ko‘tarilmadi.
LiveBarchasi