Loma allaqachon kamarlar uchun kurashdan chiqib ketgan – Lopes

Sport

image

Professional boksning yengil vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni Teofimo Lopes sobiq raqibi Vasiliy Lomachenko bilan revansh jangi haqida gapirdi.

Amerikalik bokschining so‘zlariga ko‘ra, u ukrainalik “Xay-tek” bilan qayta jang o‘tkazishdan manfaatdor emas va faoliyatini yakunlamoqchi.

“Agar Loma bilan yana mushtlashsam, mahoratim top darajaga ko‘tarilganining guvohi bo‘lasiz. Bu haqiqat. Men hamma narsani faqat shunday ko‘raman: Jorj Kambososga qarshi ringga ko‘tarilaman, keyin esa umuman boshqa raqib bilan jang qilaman. Lomachenko qaytadi, biroq u allaqachon chempionlik kamarlari uchun kurashdan chiqib ketgan. Buyog‘i yangi davr, yangi avlod vakillarining davri keldi. Hayot aylanaveradi, hammamiz oldinga intilamiz. Hamma narsa doimo yaxshilanishi va o‘zgarishi kerak”.

Shuningdek, “Takeover” boksni tark etgach, farzandi ham prof boksda muvaffaqqiyat qozonishi mumkinligini ta’kidladi: 

“Men ham ketganimda yangi jangchilar paydo bo‘ladi. Yangi yigit, yangi jangchi paydo bo‘ladi. Va bu mening o‘g‘lim bo‘ladi. Faqat u mendan oshib ketadi. U mening otam oilasining vorisi”, deydi Lopes.

Bundan avval Teofimo Lopes aksariyat bokschilar Vasiliy Lomachenkoga qarshi ringga chiqishga jur’at eta olmasligini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC IBF WBO Vasiliy Lomachenko Teofimo Lopes

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing