Tennis: US Open turnirining e’tiborga molik voqealari

Sport

image

Bugun, 12 sentyabr kuni 18 yoshli tennischi Emma Radukanu US Open g‘olibasiga aylangani haqida xabar bergan edik.

Britaniyalik sportchi saralash bahslaridan o‘z ishtirokini boshladi va “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir chempioniga aylandi. Bundan avval hech bir tennischi ushbu natijaga erishmagan edi.

Shuningdek, Radukanu Amerika ochiq chempionatida o‘tkazgan 10 ta o‘yinda raqibalariga birorta geymni boy bermadi. 

Finalga qadar yetib kelgan Leyla Fernandes esa, Naomi Osaka (Yaponiya), Elina Svitolina (Ukraina), Anjelik Kerber (Germaniya), Arina Sobolenko (Belarus) singari nomdor tennischilarni mag‘lub etishni uddaladi.

Emma Radukanu Mariya Sharapovadan so‘ng, “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqalarda g‘alaba qozongan eng yosh tennischiga aylandi. Rossiyalik tennischi 2004 yil 17 yoshida “Uimbldon” musobaqasida g‘olib bo‘lgan edi.

Shu tariqa 18 yoshli Emma Radukanu faoliyatidagi birinchi chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar tennischi WTA reytingida 150-o‘rinni egallab turgandi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, u 2,5 million dollar mukofot pulidan tashqari 2000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi va 23-pog‘onaga joylashadi. Leyla Fernandesga esa, 1 250 000 AQSH dollari va 1200 ochko taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

US Open Radukanu FernandesTennis

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing